Messi "Barselona"ga qaytishga tayyor, faqat...

Messi "Barselona"ga qaytishga tayyor, faqat...

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi, agar Xavi jamoani boshqarishda davom etsa, kelasi mavsumda "Barselona"ga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, sobiq jamoadoshlar doimiy ravishda muloqotda bo‘lishadi va "ko‘k-anorranglilar" boshqaruvida 42 yoshli mutaxassisning bo‘lishi Messining qaytishi uchun yagona shartdir.

Messi butun futbolchilik faoliyatini "Barselona"da o‘tkazdi. 2021 yilning yozida u klubni tark etdi, chunki ispan klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytira olmadi. Erkin agent sifatida Lionel "PSJ"ga o‘tdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2023 yilning yozida yakuniga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!