Merkel Putin bilan 20 yillik kelishmovchiligi haqida gapirdi

Merkel Putin bilan 20 yillik kelishmovchiligi haqida gapirdi

Angela Merkel 2001 yildan buyon Putin bilan kelisha olmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda kansler Suddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan ilk bor 2001 yilda, uning Bundestagdagi chiqishida duch kelgan. Rossiya prezidenti o‘shanda sobiq Ittifoqning parchalanishi uning uchun fojia ekanini aytgan edi. Merkel esa “Biz, aksincha, sovuq urush tugaganiga, Germaniya va Yevropa birligi ta’minlanganiga xursandmiz”, – deb fikr bildirgan.

Shuningdek, Germaniya kansleri Qrimni Rossiyaga qo‘shib olinishi uning uchun kutilmagan hodisa bo‘lganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!