“Menga Rossiya bilan urush kerak emas” – Polsha prezidenti Duda

“Menga Rossiya bilan urush kerak emas” – Polsha prezidenti Duda

Polshada Ukraina raketasi qulaganidan so‘ng, prankerlar Vovan va Leksus Anjey Dudaga qo‘ng‘iroq qilishdi.

Ular o‘zlarini Fransiya prezidenti Makron deb tanishtirgan.

Dudaning aytishicha, favqulodda vaziyatdan so‘ng u darhol NATO rahbari Stoltenberg va Jo Bayden bilan bog‘langan.

“Emmanuel, ishoning, men juda ehtiyotkorman. Men ruslarni ayblamayman. Menga Rossiya bilan urush kerak deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Ishoning, men buni xohlamayman. Men Rossiya bilan urushni istamayman va men juda ehtiyotkorman”, – dedi Duda o‘zini Makron deb tanishtirgan prankerlarga.

U, shuningdek, Ukraina atom elektr stansiyalari bilan bog‘liq vaziyat va ular bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ofatdan xavotirda ekanini tan oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!