Mbappening ukasi ham «PSJ» bilan shartnoma imzoladi

Mbappening ukasi ham «PSJ» bilan shartnoma imzoladi

«PSJ» klubi ikki nafar yosh futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Parij klubi sayti xabariga ko‘ra, jamoa yulduzi Kilian Mbappening 14 yoshli ukasi Etan Mbappe «PSJ» bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. Etan bunga qadar klub akademiyasida tahsil olgan.

Shuningdek, 14 yoshli iqtidor Senni Mayulu ham parijliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolangan. Ikki futbolchi ham voyaga yetmagani sababli shartnomaga ularning ota-onalari qo‘l qo‘yishgan. Har ikki o‘yinchi yangi mavsumdan Parij klubining o‘smirlar jamoasida to‘p surishadi. Ushbu o‘smir futbolchilar Fransiyaning eng umidli o‘yinchilari qatorida e’tirof etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!