Maykl Jeksonning qora rangli kurtkasi 298 ming dollarga sotildi

Maykl Jeksonning qora rangli kurtkasi 298 ming dollarga sotildi

Pop yulduzi Maykl Jeksonning birinchi yakkaxon konsertini bergan vaqtda kiygan qora rangli kurtkasi 298 ming dollarga sotildi. Kimoshdi savdo AQShdagi "Julien’s Auctions" auksionida o‘tkazildi.

"Daily Mail" gazetasining yozishicha, Maykl Jeksonning dastxati bilan birgalikda rok-n-roll yodgorliklari kolleksiyasidagi yuzdan ziyod buyumni amerikalik biznesmen Milton Verret sotuvga qo‘ygan.

Maykl Jeksonning sozandasi, amerikalik mashhur musiqachi Prinsning 2016 yildagi so‘nggi konsertida chalgan gitarasi 156 ming dollarga baholangan. Shuningdek, 1984 yilda “Qirmizi yomg‘ir” filmida Jekson kiygan motosikl kurtkasi 37,5 ming dollarga sotilgan.

Maykl Jozef Jekson 1958 yil 29 avgust kuni tavallud topgan. 1979 yili "Off The Wall" albomi orqali qo‘shiqchi pop musiqa yo‘nalishida superyulduzga aylangan. Albom esa 10 million nusxada sotuvga chiqqan. Uning "Thriller" nomli albomi qayta chiqib ulgurmasdan, dunyo bo‘yicha 50 milliondan ortiq nusxada sotib tugatilgan.

Shuningdek, ushbu albom ketma-ket 37 hafta xit-paradlarda birinchilikni hech kimga bermagan, mazkur natijani hozirgacha hech kim takrorlay olmagan.

1987 yili "Bad" albomi 25 million, 1991 yili "Dangerous" albomi esa 23 million nusxada sotilgan.

Maykl Jekson 2009 yilda vafot etgan.

Turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!