Garri Kasparov terrorchi sifatida tan olindi
Rossiya sudi shaxmatchi Garri Kasparov, Davlat dumasi sobiq deputati Gennadiy Gudkov, Yevgeniya Chirikova va Ivan Tyutringa nisbatan “terrorchilik hamjamiyatini yaratish, unga rahbarlik qilish, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish va uni omma oldida oqlash”da ayblanib, ehtiyot chorasini tanladi.
Bu haqda Siktivkar shahar sudi (Rossiya) matbuot xizmati xabar berdi. Sud majlisida ayblanuvchilar yo‘q edi;
Sud tergov organlarining Kasparov, Gudkov, Chirikova va Tyutringa nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqidagi iltimosnomalarini qanoatlantirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)