Mayk Tayson va Roy Jons jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Mayk Tayson va Roy Jons jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Mayk Tayson va Roy Jons jangi 12 sentyabr kuni Kaliforniyada (AQSh) bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda sports.kz. 

Jang 8 raund formatida bo‘lib o‘tadi.

54 yoshli amerikalik hisobida 50 ta g‘alaba (44 nokaut), 6 mag‘lubiyat bor, yana ikkita jangi o‘tmagan. Uning so‘nggi jangi 2005 yil 11 iyunda bo‘lib o‘tgan. Unda amerikalik bokschi irlandiyalik Kevin Makbrayddan yengilgan.

50 yoshli Jons esa 2018 yilda sport karyerasini yakunlagan. U 66 marta g‘alabaga (47 nokaut) erishgan va 9 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Tayson ringga qaytish niyati borligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!