Masjidlarda musulmonlarning o‘ldirilishi aks etgan videolarni tarqatgan shaxs jazolandi

Masjidlarda musulmonlarning o‘ldirilishi aks etgan videolarni tarqatgan shaxs jazolandi

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahri okrug sudi shahardagi masjidlarda sodir etilgan otishmalar haqidagi materiallarni tarqatishda ayblangan 44 yoshli Filip Arpsni 21 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Sud jarayoni vaqtida Arps masjidlarga hujum videosini tarqatishdagi aybini hamda bu videolarga «halok bo‘lganlar sonini ko‘rsatuvchi hisoblagich va nishonga olgich tasvirlarini qo‘shib qo‘yganini» tan olgan. Sudya ayblanuvchiga nisbatan hukm chiqarayotib, Arps teraktning keyingi kuni hujum videoyozuvini tarqatib «o‘ta shafqatsizlik» namoyish qilgani va buni «musulmonlarga nafrat» negizida amalga oshirganini ta’kidlab o‘tgan. Sudya real qamoq jazosining shartlisi bilan almashtirilishi haqidagi iltimosni darhol rad etib, bu holatda ushbu qonunbuzarlik yana takrorlanishi mumkinligi xavfi yuqoriligini aytgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Kraystcherchda yashovchi Arps 2019 yil 15 mart kuni Brenton Tarrant tomonidan amalga oshirilgan terakt videoyozuvi bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan. Keyingi kun u ushbu materiallarga «qurbonlar sonini ko‘rsatuvchi hisoblagich va nishonga olgich tasvirlarini qo‘shib», ularni yana tarqatgan.

Masjidlarga hujum videosi 15 mart kuni nomaqbul topilib, uni tarqatish taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!