Mashhur Gollivud aktyorining oilasi dahshatli xavf ostida qoldi. Bunga esa uning rafiqasi sababchi

Mashhur Gollivud aktyorining oilasi dahshatli xavf ostida qoldi. Bunga esa uning rafiqasi sababchi

Amerikalik aktyor turmush o‘rtog‘ining yangi faoliyati tufayli oilasining xavfsizligidan xavotirda. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor Jorj Kluning rafiqasi Amal Kluni yaqindagina terroristik guruhga qarshi Fransiya sudiga da’vo arizasini topshirgan.

Ma’lumki, Kluni xonim ko‘p yillar davomida advokat sifatida muvaffaqiyatli ish olib borgan. Sud jarayonlarida Amal Kluni ko‘plab mashhur shaxslarni himoya qilgan, ular orasida taniqli siyosatchilar ham bor edi.

Yaqinda Amal Kluni terroristlar guruhiga qarshi da’vo arizasi bilan yangi ish olib borishga qaror qildi.

Xotinining yangi faoliyati haqida gapirar ekan, Jorj Kluni xavfsizlik muammolariga duch kelishi hamda odatdagi turmush tarzini o‘zgartirishi kerakligini ma’lum qildi. Vaholanki, endi er-xotinlar o‘z farzandlari bilan shahar bog‘ida tinchgina sayr qila olishmayapti, jangarilar qasos olishlari mumkinligidan tashvishlanishmoqda.

Bundan tashqari, bir necha kun oldin Amal Klunining hamkasbi o‘ldirildi. Shu bois aktyor xotinining hayoti sabab juda qattiq xavotirda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!