Maktab bitiruvchilarining oltin va kumush medallari qayerda kerak bo‘ladi?

Maktab bitiruvchilarining oltin va kumush medallari qayerda kerak bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari  bitiruvchilarini rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori joylashtirildi.
Qarorga ko‘ra, maktablarning a’lo bilimli, jamoatchilik tadbirlarida faol, xulqi yaxshi o‘quvchilari oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadi.
Medallarning foydasi shundaki, o‘quvchi oliy ta’lim muassasasiga kirayotganda imtiyozga ega bo‘ladi. Oltin medalga ega bo‘lgan o‘quvchiga respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga kirish sinovlarida to‘plagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medalga ega bo‘lgan o‘quvchiga to‘plagan umumiy balining 30 foizi miqdorida ball qo‘shib beriladi.
Ma’lumot o‘rnida, oltin va kumush medallarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga beriladigan imtiyoz bir yilgacha amal qiladi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!