Lukashenko: "Koronavirus — Xudoning jazosi"

Lukashenko: "Koronavirus — Xudoning jazosi"

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun turli sohalarda, shu jumladan, transport va binolarni isitish sohasida elektr energiyasidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kampaniya boshlanganiga e’tibor qaratdi.

Lukashenko "Gorizont" xoldingi mehnat jamoasi vakillariga murojaat qilib, Xudo insoniyatni tabiatga bo‘lgan munosabati uchun koronavirus pandemiyasi bilan jazolayotganini ta’kidladi.

“Mening xabarimda (Yangi yilga murojaat) elektromobillar haqida so‘z yuritgan edim, lekin asosiy xabar shuki, Robbimiz bizni koronavirus bilan jazolamoqda. Biz tabiatga yaxshiroq munosabatda bo‘lishimiz kerak”, – dedi Aleksandr Lukashenko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!