Levandovski "Barselona"ni tark etib yana Bundesliga grandi safiga borib qo‘shilishi mumkin

Levandovski "Barselona"ni tark etib yana Bundesliga grandi safiga borib qo‘shilishi mumkin

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining kelajagi dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda. Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli polyakda klub ro‘yxatini o‘zgartirish uchun uchta variant bor. Qayd etilishicha, MLS va Saudiya klublari bilan forvard uchun kurashda "Borussiya Dortmund" ishtirok etadi.

Aynan Dortmundda Levandovski 2010-2014 yillarda klub sharafini himoya qilib, Yevropa futbolida nom qozongan edi. MLS va Saudiya Arabistonidan kelgan takliflar moliyaviy jihatdan ancha jozibador bo‘lsa-da, polshalik Dortmundga qaytishni istisno qilmayapti.

Shu bilan birga, “Barselona” yaqin orada Levandovskini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmasligi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!