Latviya hududiga qulagan dron portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan

Latviya hududiga qulagan dron portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan

Bu haqda Latviya Milliy Qurolli kuchlari xabar berdi.

"Gap Shahed tipidagi dron haqida ketmoqda. Dron to‘liq o‘rganib chiqiladi", — deya aniqlik kiritdi Latviya Milliy Qurolli kuchlari qo‘mondoni Leonid Kalnins.

Mamlakat Mudofaa vaziri Andris Sprudsning so‘zlariga ko‘ra, Latviya Rossiyaning qulab tushgan droniga javoban sharqiy chegarasida havo mudofaasini kuchaytiradi.

Avvalroq Rossiya droni 7 sentyabr kuni Latviya sharqida halokatga uchragani haqida xabar bergan edik.Latviya Milliy Qurolli Kuchlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, dron Belarusdan mamlakat havo hududiga uchgan. Latviya hodisa haqida NATO qo‘mondonligini xabardor qildi. Dron halokati yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!