Koronavirusni yo‘q qila oladigan qog‘oz ixtiro qilindi

Koronavirusni yo‘q qila oladigan qog‘oz ixtiro qilindi

Chexiya Fanlar akademiyasi mutaxassislari koronavirusni yo‘q qila oladigan qog‘oz ixtiro qilishdi. Bu haqda “CHTK” agentligi xabar bermoqda.

"O‘tkazilgan testlar 10 daqiqada COVID tipidagi virusning 70 foizgacha kamayishini, 30 daqiqadan so‘ng esa to‘liq yo‘q bo‘lishini ko‘rsatdi", - demoqda Chexiya Fanlar akademiyasi vakili Irji Sobeka.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qog‘oz kimyoviy moddalar bilan to‘yingan, shuning uchun mikroblar bir daqiqada 99%ga sirtdan yo‘q bo‘lib ketadi.

Ixtirochilar ushbu qog‘oz pul va hujjatlar ishlab chiqarishda keng qo‘llanilishiga umid qilishmoqda. Yaqin kelajakda Chexiya 10 tonna ana shunday qog‘oz ishlab chiqarishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!