Koronavirus! “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyati kengashi raisi vafot etdi

Koronavirus! “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyati kengashi raisi vafot etdi

O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyati kengashi raisi Otabek Qudratov hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. 

42 yoshli Otabek Qudratov 2014 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyati kengashi raisi etib tayinlangan edi.

Bungacha u O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi boshlig‘i o‘rinbosari (2005-2011), O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyati kengashi raisi o‘rinbosari (2011-2014) lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.  

Shu yilning 29 sentyabr kuni Otabek Qudratov viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markaziga o‘ta og‘ir ahvolda yotqizilgan va sun’iy nafas olish apparatiga ham olingan. Tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda Covid-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Bemorda COVID 19 og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi turg‘un zo‘riqish stenokardiyasi, sinusli taxikardiya, qandli diabet, semizlik 3 darajasi bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, davolanish davomida hamisha sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan.

Bemorning shu kungacha kunlik ahvoli viloyatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Buxoro viloyati hokimligi va jamoatchiligi marhumning qarindoshlari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!