Koronavirus: Kambojada ham ilk holatlar aniqlandi

Koronavirus: Kambojada ham ilk holatlar aniqlandi

Kambojada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 14ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Xun Sen ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu mamlakat hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holatlardir, ilgari qirollikda chetdan kirib kelgan bemorlarda aniqlangandi.

 "Kamboja hududida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holatlar mamlakat poytaxti Pnompen va Siyemreap provinsiyasida qayd etildi. Ushbu hududlarda oxirgi sutkada o‘tkazilgan 2248ta test natijasida kasallikka chalinganlar soni 14 nafarga yetdi", - dedi hukumat rahbari.

 Xun Senning qayd etishicha, bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

"Agarda koronavirusni o‘z vaqtida to‘xtatmasak, bu Kamboja uchun falokat bo‘ladi", - deb ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!