Koronavirus eng ko‘p tarqalayotgan davlat nomi aytildi

Koronavirus eng ko‘p tarqalayotgan davlat nomi aytildi

Myanma koronavirus haddan tashqari ko‘p tarqalgan davlatga aylanmoqda. Bu haqda BMTning mamlakat bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Tom Endryus ogohlantirdi, deb yozadi The Guardian.

Mamlakatdagi epidemik vaziyat, siyosiy va iqtisodiy inqiroz bilan bir qatorda, butun mintaqada COVID-19 epidemiyasi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Endryusning ta’kidlashicha, fevral to‘ntarishidan beri Myanmadagi emlash dasturi to‘xtab qolgan, aholi sinovdan o‘tkazilmagan va shifoxonalar shifokorlarning ish tashlashi tufayli deyarli yopilgan.

Vaziyat shundan iboratki, Myanma dunyo aholisining uchdan bir qismi yashaydigan mamlakatlar bilan chegaradosh. «Virus millat, chegaralar, mafkuralar, siyosiy partiyalarni hisobga olmaydi. U hech qanday farqlarga ahamiyat bermaydigan "qotil», - deya xulosa qildi maxsus ma’ruzachi.

1 fevral kuni Myanmada davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi. Harbiylar kuzgi saylovlar natijalaridan rozi bo‘lmadilar, unda hukmron Demokratiya uchun Milliy Liga partiyasi g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Harbiylar hukumat tarqatilishini e’lon qildi va Myanma prezidenti Vin Min va partiya maslahatchisi hamda tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan partiya rahbari Aun San Su Chjini hibsga oldi. Biroz vaqt o‘tgach, mamlakatda ag‘darilgan hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilarni tarqatib yuborish paytida polisiya bir necha bor o‘q uzdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!