Koronavirus! Endi shifokorlar tibbiy xalat o‘rniga axlat uchun qoplarni kiyishadi

Koronavirus! Endi shifokorlar tibbiy xalat o‘rniga axlat uchun qoplarni kiyishadi

Nyu-York tibbiyot markazi shifokorlari va xodimlari xalat o‘rniga yomg‘irdan saqlovchi kiyim hamda axlat uchun qoplarni kiyishadi, dedi “SUNY Downstate Medical Center” tibbiyot markazi prezidenti Ueyn Rayli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy muassasadagi tibbiy xalatlar xodimlarga atigi bir yarim kunga yetadi. Shu bois shifokorlar davlatning xalat bilan ta’minlashini kutib o‘tira olishmaydi.

«Bizga davlat zaxiralari bilan ta’minlanishini kutish mumkin emas. Vaholanki, davlat rezervi tugagan. Shuning uchun endlikda nima qilib bo‘lsa ham odamlarga yordam berishimiz kerak", deydi Rayli.

Avvalroq, Nyu-York meri Bill de Blazio, shahardagi tibbiy jihozlar va kerakli buyumlar atigi bir haftaga yetishini aytgandi. Shahar hozirda AQShda pandemiya avji chiqqan markaz bo‘lib turibdi. Koronavirus qurbonlari soni 2930 dan oshgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!