Koreyada komaga tushib qolgan o‘zbekistonlik yigitning ahvoli qandayligi aytildi

Koreyada komaga tushib qolgan o‘zbekistonlik yigitning ahvoli qandayligi aytildi

O‘zbekiston TIV Koreyada komaga tushib qolgan Abram Oqilov sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumot berdi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilovning sog‘ligi holati uni davolayotgan shifokorlar tomonidan “barqaror” deb baholanmoqda. Ayni paytda bemorning oldida bo‘lib turgan onasi, akasi va singlisiga uni aravachada kasalxona hududida sayr qildirishlariga shifokorlar tomonidan ruxsat berilgan.

Xabarda qayd etilishicha, elchixona, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi hamda advokatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida sug‘urta kompaniyasi o‘zbekistonlikning Janubiy Koreya kasalxonasida davolanishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplash va uning mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davri uchun kompensasiya to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Diplomatik vakolatxona mazkur masalani nazoratga olgan va bemorga g‘amxo‘rlik qilayotgan qarindoshlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi.

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va 2018-yilning 27-iyul kuni komaga tushib qolgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!