Konor Makgregorning Dastin Poryega qarshi jangi bekor qilindi

Konor Makgregorning Dastin Poryega qarshi jangi bekor qilindi

Engil vazn toifasi vakillari Konor Makgregor (22-5) va Dastin Porye (27-6) o‘rtasidagi jang bekor qilishi mumkin. Bu haqda irlandiyalik UFC jangchisi ma’lum qildi.

Gap shundaki, yakkakurashchilar o‘rtasida tortishuvli holat yuzaga keldi. Avvaliga Porye yanvardagi jangdan keyin Konor tomonidan uning fondiga xayriya qilinishi va’da qilingan 500 ming dollar kelib tushmaganini aytdi va Makgregor buning uchun javob berishini ma’lum qildi. Konor esa xayriya pullari qarz emasligi va uni o‘tkazib berishga majbur emasligini aytdi.

Konor so‘nggi postida Poryega qarshi jangni bekor qilishi va 10 iyul kungi musobaqada boshqa yakkakurashchi bilan jang qilishini aytdi.

“Sen aqlsiz qishloqi. Rejasiz 500 ming dollar… Menimcha, pul borasida hech nimani tushunmaysan. Aytgancha, jang bekor qilinadi. Men 10 iyul kuni boshqa birortasi bilan jang qilaman. Omadingni bersin. Jamoam har bir xayriya kerakli joyga borishi uchun barcha ishni qiladi. Mening saxovatpeshaligim barchaga ayon. Nomimni bulg‘ashga uringaning uchun hali javob berasan. Sen tamomsan”, deydi UFC jangchisi Konor Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, Konor va Porye o‘rtasidagi uchinchi jang 2021 yiling 10 iyulida UFC 264 musobaqasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!