Kolumbiya futbol federasiyasi rahbari va o‘g‘li hibsga olindi

Kolumbiya futbol federasiyasi rahbari va o‘g‘li hibsga olindi

AQSh polisiyasi Kolumbiya futbol federasiyasi rahbari Ramon Jesurun va uning o‘g‘lini hibsga oldi.

Bunga Mayamida bo‘lib o‘tgan Amerika kubogi finalida Kolumbiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin boshlangan mushtlashuv sabab bo‘lgan.

Taxminlarga ko‘ra, Ramon, uning o‘g‘li va boshqa oila a’zolari taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun maydonga kirishga harakat qilgan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, 71 yoshli Ramon Xesurun va 43 yoshli Ramon Hamil boshqa bir amaldorga hujum qilgani uchun hibsga olingan.

Qo‘riqchi Ramonning o‘g‘lini orqaga qaytarish uchun uringan. Federasiya rahbari xodimni turta boshlagan, o‘g‘li esa uning bo‘ynidan ushlab, yerga tashlagan va boshiga ura boshlagan”, — deyiladi xabarda.

Kolumbiya futbol federasiyasi hozircha vaziyatga izoh bermadi. Ramon va uning o‘g‘li ham sukut saqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha bo‘limlarda kolumbiyaliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etgan Argentina terma jamoasi Amerika kubogi g‘olibi bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!