Kolumb, Vashingtondan keyin navbat Vilsonga keldi

Kolumb, Vashingtondan keyin navbat Vilsonga keldi

Shu paytgacha AQShdagi mashhur Prinston universiteti fakultetlaridan biriga prezident Vudro Vilsonning nomi berilgan edi.

Oliy o‘quv yurti rahbariyati Vilsonning irqchilik bilan bog‘liq qarashlari tufayli uning nomidan voz kechishga qaror qildi.

Universitet rektori Kristofer Aysgruber AQShning sobiq prezidenti ashaddiy irqchilardan biri bo‘lganini aytib o‘tdi.

Xabaringiz bor, so‘nggi haftalarda okean orti shaharlarida irqchilikka qarshi davom etayotgan norozilik namoyishlari davomida turli haykallar va yodgorliklarni tahqirlash, rasvo qilish hamda yo‘q qilish kampaniyasi ham avj oldi. Nafaqat Konfederasiya namoyandalari, balki Amerikani ochgan dengizchi Xristofor Kolumb, AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington, shuningdek, milliy madhiya muallifi Frensis Skott Kining ham haykallari buzib tashlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!