Kirish-chiqish cheklangan Toyloqda biologik zararlanishga qarshi qanday kurashilmoqda? (+foto)

Kirish-chiqish cheklangan Toyloqda biologik zararlanishga qarshi qanday kurashilmoqda? (+foto)

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora sifatida 24 apreldan Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga kirish va chiqish cheklandi.

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidovning ko‘rsatmasiga asosan Kuchishlatar tuzilmalar bilan hamkorlikda yana bir maxsus ishlov berish yig‘ma otryadi mazkur tumanga yo‘naltirildi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi. 

Qisqa fursatda “Biologik zararlanish vaziyatida dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar” rejasi ishlab chiqilib, yig‘ma otryad zimmasiga izolyasiya qilingan hududni xavfli infeksiyadan batamom tozalash vazifasi yuklandi.

27 aprel kuni dezinfeksiya ishlarida faollik ko‘rsatgan Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda blok-postlarda sergaklik bilan xizmatni o‘tayotgan harbiylar harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari tumanda tashkil etilgan 35 ga yaqin blok-postlar aholi va texnikalar harakatini vaqtincha cheklab, bu orqali xavfli infeksiyaga qarshi samarali kurashishga imkon yaratilmoqda.

Tuman markaziga olib kiradigan barcha ko‘chalar va dala yo‘llariga avtomobil harakatini cheklash uchun beton to‘siqlar o‘rnatilgan. Asosiy yo‘llar va ko‘priklarda harbiy xizmatchilar o‘ziga biriktirilgan qurol-aslaha hamda jangovar texnikalarda patrullik xizmatini olib bormoqda.

Toyloq tumanidagi blok-postlarga jalb qilingan qo‘riqlash bo‘linmasi shaxsiy tarkibi 14 kundan so‘ng Samarqand harbiy gospitaliga karantinga joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!