Kimlarga benzin sotib olish uchun davlat tomonidan kompensasiya berilishi kerak?

Kimlarga benzin sotib olish uchun davlat tomonidan kompensasiya berilishi kerak?

Qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensasiyasi to‘lanadi. Joriy yilning 16 noyabrdan kompensasiya miqdori 66 ming 700 so‘mni tashkil etadi.
 
“Huquqiy axborot” kompensasiya olish huquqiga ega shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.
 

  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar
  • urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari;
  • I va II guruh bolalikdan nogironlar.

 
Kompensasiyani tayinlash uchun pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
 

  • ariza;
  • pasport nusxasi;
  • imtiyozga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);
  • tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari nusxalari (mehnatda mayib bo‘lish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);
  • avtomototransportning texnik pasporti nusxasi;
  • haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar joy maydonida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!