Kimlar koronavirusga oson chalinishini aniqlandi

Kimlar koronavirusga oson chalinishini aniqlandi

Merilend universiteti olimlari 2-turdagi qandli diabet kasalligi bo‘lgan bemorlar va ortiqcha vaznga ega odamlarning koronavirus yuqtirishi xavfi yuqori ekanini aniqlashdi. Bu haqda «PLOS ONE» jurnalida e’lon qilingan tadqiqot xulosasida ma’lum qilindi.

Tadqiqotchilar Britaniya biobankidagi yoshi 40dan yuqori bo‘lgan 500 ming kishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi.

Ular koronavirus bilan og‘rigan va tuzalib ketganlarning salomatlik ko‘rsatkichlarini solishtirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, koronavirusga topshirgan testi natijasi musbat chiqqanlarning aksariyati semizlik yoki 2-turdagi qandli diabetga chalingan odamlar bo‘lgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ma’lum bir kardiometabolik omillar insonni koronavirusdan yoki himoya qiladi, yoki infeksiyaga oson chalinadigan qilib qo‘yadi. Ammo tadqiqotda koronavirus infeksiyasini nima chaqirishi mumkinligiga aniq javob berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!