Kichik Ronaldu ham "An-Nasr" a’zosiga aylandi

Kichik Ronaldu ham "An-Nasr" a’zosiga aylandi

Portugaliyalik hujumchining o‘g‘li - kichik Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" akademiyasiga yozildi. Bu haqda Arriyadiyah nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kichik Krishtianu otasi kabi yettinchi raqam ostida o‘ynaydi. Ronalduning o‘g‘li juma kuni birinchi o‘yinini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan buyon "An-Nasr" safida o‘ynamoqda. Hujumchi Saudiya klubi safida 30 ta uchrashuvda 25 ta gol urdi va sheriklari safida 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ronalduning Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!