Keyt Middlton Britaniyaning yangi qirolichasi bo‘lishga tayyor

Keyt Middlton Britaniyaning yangi qirolichasi bo‘lishga tayyor

Qirollik oilasi bo‘yicha mutaxassis Rebekka Long Keyt Middltonning yangi qirolicha bo‘lishini bashorat qildi.

Long shuni ta’kidladiki, 92 yoshli qirolicha Keytni qanoti ostiga olgan. Ular ikkovi qirollik hayoti va monarxiyaning kelajagi haqida soatlab gaplashib o‘tirishadi. Yelizaveta 37 yoshli Keytni o‘ziga voris sifatida anchadan beri tayyorlab kelayotgan ekan. Keyt asta sekinlik bilan ba’zi mas’uliyatlarni o‘z zimmasiga olayotgani bunga isbot bo‘la oladi. Uilyam va Keytni xalq ham juda yaxshi ko‘radi va ularni taxtda ko‘rishni xohlashadi , deydi ekspert.

Keyt Middltonning eri shahzoda Uilyam taxtga da’vogarlar navbatida otasi Charlzdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Lekin xalq Charlz va rafiqasi Kamilladan ko‘ra Uilyam va Keytni qo‘llab quvvatlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!