Kattaqo‘rg‘onda yechintirilgan ayol jinoyat ustida qo‘lga olingan

A A A
Kattaqo‘rg‘onda yechintirilgan ayol jinoyat ustida qo‘lga olingan

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida gumonlanuvchi ayolni qip-yalang‘och yechinishga majbur qilgan va buni videoga tushirgan ichki ishlar organi xodimi bilan bog‘lik mojarodan ko‘pchilikning xabari bor. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yechintirilgan ayol o‘g‘li bilan birgalikda o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushgan. Bu haqida «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ayni paytda ushbu ayolning jinoyat ishi Oqdaryo tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlik Kattaqo‘rg‘onda bo‘lgan. U yerdagi IIB bilan bo‘lgan holat sabab tergov ishi Oqdaryo tuman IIB tomonidan olib borilmoqda.

Ayolning jinoyat ishiga uniing o‘g‘li qaydarajada aloqadorligi hozircha noma’lum.

«Daryo» mazkur holat yuzasidan viloyat IIBning rasmiy bayonotini kutib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!