«Kashima Antlers» Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi

«Kashima Antlers» Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi

Osiyo Chempionlar Ligasida finalning javob o‘yini o‘tkazildi.

Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi safarda Eronning «Persepolis» klubi bilan bellashdi. O‘yinda hisob ochilmadi. Dastlabki bahsda 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan yaponiyaliklar nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdilar.

Endi «Kashima Antlers» 12-22 dekabr kunlari o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qiladi.

OCHL
Final, javob bahsi 
10 noyabr

Persepolis (Eron) - Kashima Antlers (Yaponiya) 0:0
Dastlabki o‘yin: 
0:2

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!