Kasbga fidoyilikni onamdan o‘rgandim

A A A
Kasbga fidoyilikni onamdan o‘rgandim

Yoshligimda bir gapni ko‘p eshitardim: «Umr — oqar daryo». O‘sha paytlar yosh bo‘lganim uchunmi, bu jumlalarga e’tibor bermagan ekanman. Endi bilsam, umrni bekorga oqar daryoga o‘xshatishmas ekanlar. Umrimimizning o‘tgan har bir daqiqasi qadrli ekanligini endi dildan his qilyapman. Shoir aytganlaridek: «Umr daftarini shoh satrlar bilan bezamoq» fursati yetdi, nazdimda.

Inson yoshi ulg‘aygan sari ko‘ngli noziklashib, dil tubiga cho‘kkan sirli hislar g‘alayon qila boshlarkan. Bu g‘alayon bolalik yillarimni eslatganday, go‘yo menga.

Bolalik yillarimni eslasam, ko‘z o‘ngimda so‘lim Oltinsoyimdagi jonajon maktabim bag‘rida o‘qigan kezlarim, menga ta’lim bergan beminnat ustozlarim birma- bir ko‘z o‘ngimdan o‘tadi. Go‘yoki u paytlar ustozlar ham boshqacha bo‘lganday, men uchun.

Hali hamon esimda, maktabni tugatish arafasida «Men tanlagan kasb» mavzusida insho yozdik. Yuragimning qat-qatidagi bisyor orzularimni oq qog‘ozga to‘kdim. Bilmadim, eng zo‘r inshoni men yozganga o‘xshardim, o‘zimcha. Ertasi kuni qo‘llarim titrab, ming bir hayajon bilan inshoni sinfdoshlarimga o‘qib berganim hozirgidek esimda. Ijodimning songgida esa «Men kelajakda mehribon ustozim — Onajonimga o‘xshagan ustoz bo‘lmoqchiman», degan jumlalar bor edi. Bugunchi, bugun men rostdan ham shunday ustoz bo‘la oldimmi? Kim bilsin, mana shu hayajonlar, mana shu qalbimga oshyon qurgan eng pokiza orzular, balki meni o‘qituvchi bo‘lishim uchun oliygoh tomon yetaklagandir. Shukronalar bo‘lsinkim, hozir o‘z kasbimni sevuvchi va shu kasbning fidoyi egasiman.

Bugungi kunda ta’lim sohasida juda katta tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktablar qaytadan qurilib zamon talabiga javob bera oladigan darajada jihozlanmoqda. Qisqasi, ustozlarga e’tibor kuchaymoqda. Bu esa, albatta, bizni o‘z kasbimizga bo‘lgan mehrimizni yanada oshiradi. Uzoq yillik o‘qituvchilik faoliyatim davomida shu kasbning naqadar mashaqqatli, ammo sharafli ekanligini sezdim. O‘zim ustoz bo‘lib ustozlarimning qadrini, ona bo‘lib esa onamning qadrini his qilyapman. Menga shu kasbga ilk bor havas uyg‘otgan inson onam-ustozim Saodat Islomovadir. Adabiyotga, she’riyatga bo‘lgan qiziqishim onam tufaylidir. Bugun ular haqida ilk marta samimiy fikrlarimni dildan to‘kyapman. Qanchadan-qancha shogirdlar yetishtirgan, qanchadan-qancha murg‘ak qalblarga ezgulik urug‘larini sochib charchamagan mehri cheksiz onajonim. Yuragingiz tubida ilm bulog‘ini yaratib, chanqoq qalblarga shu buloqdan suv tutgan mehribonim. Qaynoq og‘ushingizda biz 5 farzandni oq yuvib, oq taragan, har birimizni oily ma’lumotli qilib, o‘qitib hayot ummonlariga yetaklagan mushtipar volidam. Sizning qadringizni, sizning mehringizni endi tushunib yetyapman. Siz menga ham ona, ham ustozsiz.

Onam — Saodat Islomova hozir nafaqadalar. Uzoq yillar davomida Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 55-maktabda o‘qituvchilik qildilar. 33 yillik o‘qituvchilik faoliyati davomida o‘z umrini maktabga, o‘quvchilarga bag‘ishlagan bu fidoyi ustoz oldida bir umr qarzdorman. Vujudimda ham farzandlik, ham shogirdlik tuyg‘ulari shamol misol tinmay uchyapti. Esimda, qanday tanlov, qanday tadbir bo‘lsa shu ustozga ergashardik. Yutuqlarimizni ko‘rgach esa xuddi yosh boladek xursandligidan yeru ko‘kka sig‘masdilar. Uyda esa bu xursandchiliklarni biz farzandlar bilan bo‘lishardilar. Xuddi shu holatni endi o‘zim o‘quvchilarimning arzimagan kichik yutug‘ini ulkan muvaffaqiyat sifatida ko‘ryapman.

Har yili ona tili va adabiyot fanidan olimpiadada maktabdan tumanga, tumandan viloyat bosqichiga o‘tib faxrli o‘rinlarni egallardim. She’riyat tanlovlarida doim 1-o‘rinni qo‘lga kiritganman. Bularning barchasi sizning mehnatlaringiz evaziga kelganligini endi anglab yetayapman, Onajon. Mana shunday mashaqqatli mehnatlaringiz evaziga oliy toifali o‘qituvchi bo‘ldingiz, «Xalq maorifi a’lochisi», «Metodist o‘qituvchi» (o‘sha paytlardagi unvon) unvonlariga sazovor bo‘ldingiz. Ta’limga, fanga oid kichik maqolalaringiz tuman va viloyat gazetalarida bosilib chiqqanlari yodimda. O‘sha paytlar sizdan juda faxrlanardim, ammo bugun bu faxr undanda ziyoda, undanda bisyor ekanligini his qilyapman.

Har safar onam huzurlariga yo‘l olganimda ularning qaynoq mehrlarini his qilaman, sho‘x-shodon bolaligim ko‘z ongimdan o‘taveradi. Yuzlarida ajin, qo‘llarida titroq, qalblarida esa hech ham keksaymaydigan ijod uchqunlari lovullaydi Onajonimning. Yoshlari o‘tib keksayib qolganlariga qaramay ulardagi o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan mehrni, shijoatni sezaman. O‘z ijodlaridan menga o‘qib berib keyin yengil tin oladilar. «Haqiqiy o‘qituvchi ijodkor bo‘lishi kerak», —deydilar ular.

Ha, bir muddat o‘ylab qolaman, men ham onamdek ustoz bo‘la oldimmi? Sizdagi shijoat, sizdagi bilim, ijodkorlik uchqunlari mening qalbimni ham olovlantirdimikan? Sizdek mas’uliyatli, jonkuyar ustoz bo‘la oldimmi?

Sidqidildan o‘z kasbini sevuvchi ustozim-onam borligidan g‘ururdaman. Darhaqiqat, bir narsaga amin bo‘ldim, men onamdan kasbga fidoyilikni o‘rgandim.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi
248-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Nargiza ERGASHEVA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Endi V1 darajali sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi birgina g‘alaba bilan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Osiyo kubogi pley-off bosqichiga chiqdi

Саудия Арабистони мезбонлик қилаётган ўсмирлар (U-17) ўртасидаги Осиё кубогининг "D" гуруҳида иккинчи тур ўйинлари якунланди.

Zelenskiy: Putin "nihoyat real uchrashuvlarga tayyor"

Зеленский, шунингдек, эълон қилинган сулҳ вақтида Россия оммавий ракета ва авиация зарбалари бермаганини, бироқ фронтда жанг ҳаракатлари давом этаётганини таъкидлади.

AQShning dunyodagi obro‘si Rossiyanikidan ham pastga tushib ketdi

​2026 йилги янгиланган маълумотларга кўра, АҚШнинг глобал имиж кўрсаткичи икки йил олдинги плюс 22 фоиздан минус 16 фоизгача тушган

La liga. «Barselona» «Real»ni mag‘lub etib, Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (VIDEO)

Испания Ла Лигасининг 35-туридан ўрин олган «Барселона» ҳамда «Реал» ўртасидаги учрашув якунланди.

Mbappening «el-klasiko» oldidan qilgan ishi «Real»ni hayratda qoldirdi

Мадриднинг «Реал» клуби ҳужумчиси Килиан Мбаппе жароҳати сабабли «Барселона»га қарши ўйинни ўтказиб юборди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.