Karantin davrida xodimga ish xaqi to‘lanishi kerakmi yoki kasallik varaqasi rasmiylashtiriladimi?

Karantin davrida xodimga ish xaqi to‘lanishi kerakmi yoki kasallik varaqasi rasmiylashtiriladimi?

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva  ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda. 

Brifing UzReport telekanali orqali efirga uzatilmoqda. 

Savol: Xodim o‘zi kasallanmagan, lekin boshqa oila a’zolari kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan. Xodim uy karantiniga joylashtirilgan. Karantin davri xodimga ish xaqi to‘lanishi kerakmi yoki kasallik varaqasi rasmiylashtiriladimi?

Javob: Mehnat kodeksiga ko‘ra, agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya  organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‘lsa davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa beriladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda to‘lanadi. Bunday nafaqaning eng kam miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (679 ming 330 so‘m)ning 35,2 foizidan, ya’ni 239 ming 124 so‘mdan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.

Yuqoridagi karantin masalasida qabul qilingan Prezident Farmoniga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!