Karantinda aynan nimalar taqiqlanadi?

Karantinda aynan nimalar taqiqlanadi?

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

❓Karantin qoidalari nimani cheklaydi?

? Birinchidan, keskin zarurat bo‘lmaganda fuqarolarni ko‘chaga chiqish tavsiya etilmaydi.

Toshkent shahar, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan patrul xizmatlari, Sizni ko‘chada yurganingizni ko‘rsalar, to‘xtatib ko‘chaga chiqish sababni so‘rashlariga xaqli. Agar sababsiz yurganingzni bilsalar ular Sizga ogohlantirish berib uyingizga qaytarib yuboradilar.

?Ikkinchidan, yaqin qarindoshlar, bular ota-ona, aka-uka, turmush o‘rtog‘i va farzandlaringizdan tashqari ko‘chalarda 3 dan ortiq odam to‘lansa bu ham karantin qoidasini buzish hisoblanadi.

?Uchinchidan, shaxsiy avtotransport vositangizda, xukumat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan va maxsus stikeri mavjud transport vositalaridan tashqari, ko‘chada harakatlansangiz karantin qoidasini buzgan hisoblanadi.

?To‘rtinchidan, ko‘chada yoki transport vositasida tibbiy niqobsiz bo‘lish karantin qoidasini buzish hisoblanadi.

❗️Karantin qoidasini buzganlar MJtKning 54 moddasi bilan javobgarlikka tortiladilar.

Bunda jarima miqdori og‘irlik darajasiga qarab 1 mln 100 ming so‘mdan 11 mln so‘mgacha belgilangan. Agar Sizni harakatlaringiz og‘ir oqibatlar xavfini keltirib chiqarsa, Jinoyat Kodeksining 257 prim 1 moddasi bilan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan javobgarlikka tortilishingiz mumkin.

❗️Qilmishingiz oqibatida odam o‘limi kelib chiqsa 10 yilgacha jazo chorasi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!