Kam harakatlilikning chekish va diabetdan xavfli ekani isbotlandi

Kam harakatlilikning chekish va diabetdan xavfli ekani isbotlandi

Jismoniy faollikning ijobiy ta’siri erkak-u ayollarning barcha yosh toifalarida sezilgan.

 

Biz hammamiz jismoniy faollik umrni uzaytirishini ko‘p eshitganmiz. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari hatto uni amalga oshirgan olimlarni ham lol qoldirdi.
 
“Jismoniy harakatning kamligi odamni gipertonik kasalliklar, diabet yoki chekishdan ko‘ra tezroq o‘lishiga sabab bo‘ladi. Hech qachon bu fikr bu qadar ishonchli va ob’ektiv ta’kidlanmagan”, deydi Klivlend klinikasi kardiologi Vael Jaber.
 
Tadqiqotchilar 1991 yil 1 yanvardan 2014 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda Klivlend klinikasiga kelib, yugurish yo‘lakchasida testdan o‘tgan 122 007 nafar ishtirokchini o‘rganib chiqqanlar. Maqsad jismoniy faollik umumiy o‘limga qanday ta’sir qilishini bilish bo‘lgan.
 
Ma’lum bo‘lishicha, har qanday ortiqcha harakat umr davomiyligini uzaytirishga xizmat qiladi. Olimlar doim haddan tashqari jismoniy faollik erta o‘limga olib kelishidan havotirga tushganlar. Biroq tadqiqotlar uning aksini isbotlagan.
 
Jismoniy faollikning ijobiy ta’siri erkak-u ayollarning barcha yosh toifalarida sezilgan. Kam harakat odamlar bilan taqqoslanganda natijalar hayratomuz bo‘lgan.Mazkur tadqiqot nafaqat ko‘p sonli ishtirokchilari bilan balki ob’ektivligi bilan ham ajralib turadi. Olimlar ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra emas, testlar natijasiga qarab xulosa chiqargan. Natijalar sonda quyidagicha aks etadi:
 
Kam harakatli odamlarda erta o‘lim xavfi faol insonlarga qaraganda 500 foiz ko‘p;
 
Doimiy o‘tirish natijasida o‘limning yuzaga kelishi chekishdan keladigan xavfdan deyarli uch barobar ortiq.
 
Kam mashg‘ulot qiluvchi insonlarda doimiy ravishda shug‘ullanib turuvchilarga qaraganda erta o‘lim xavfi 390 foizga ortiq.
 
Mazkur faktlar inson hayotida faollikni oshirish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!