"Juda oz qoldi": AQSh koronavirus borasida muhim yangilikni e’lon qildi

"Juda oz qoldi": AQSh koronavirus borasida muhim yangilikni e’lon qildi

AQSh koronavirusni to‘liq yengishga yaqin turibdi. Bu haqda prezident Jo Bayden o‘zining Mustaqillik kunini nishonlash marosimida ma’lum qildi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, mamlakat virusga qarshi kurashish uchun hali ham ishlashi kerak.

«Bugun biz har qachongidan ham halokatli virusdan mustaqillikni e’lon qilishga yaqinroqmiz. Ammo bu COVID-19 bilan jang tugagan degani emas. Bizda hali ko‘p ishlar qilish kerak», dedi Bayden Oq uy oldida nutq paytida.

Uning ta’kidlashicha, pandemiya yilida Qo‘shma Shtatlar "azob, qo‘rquv va tushkun kayfiyatni boshdan kechirdi" va mamlakat "hech qachon bir yil avvalgi holatga qaytishni istamaydi".

Bayden ma’muriyati mamlakat kattalar aholisining 70 foizi 4 iyulga qadar emlanishini rejalashtirgan, ammo keyinchalik bu maqsaddan voz kechgan. AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha kattalarning 67 foizi COVID-19ga qarshi emlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!