“Joker” birinchi marotaba ota bo‘ldi

“Joker” birinchi marotaba ota bo‘ldi

Mashhur aktyor Xoakin Feniks va aktrisa Runi Mara birinchi marta ota-onaga aylanishdi, deya xabar bermoqda “Blikk”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gollivud ahli allaqachon juftlikni ijtimoiy tarmoqlarda chaqaloqning tug‘ilishi bilan tabriklashga shoshilishmoqda.

Ammo Xoakin ham, Runi ham bu yangilikka izoh berishganicha yo‘q.

35 yoshli Runi Mara va 45 yoshli Xoakin Feniks uchun bu birinchi farzand.

Juftlik o‘zaro munosabatlarni hali qonuniylashtirmagan, ammo aktyor allaqachon sevgilisiga turmush chiqish taklifini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!