Jizzaxda yo‘qolib qolgan 5 yashar bola topildi

Jizzaxda yo‘qolib qolgan 5 yashar bola topildi

Joriy yilning 6 yanvar kuni Jizzax shahrida yashovchi ayol ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, “Sayiljoy” mahallasida adashib qolgan bolani topib olganini bildiradi. Ushbu xabar asosida hududga mas’ul katta profilaktika inspektori, katta leytenant Tog‘ay Muqimov ayoldan bolani qabul qilib oldi.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmatining "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, bola hududdagi maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqib ketgan. Yomg‘ir tufayli kiyimlari ivib ketgan bolakay shahar ko‘chalarida qariyb 2 kilometr yo‘lni bosib o‘tadi. Hech kim unga diqqat qaratmagan yoki e’tibor qilishni istamagan.

Jizzax shahrida yashovchi tadbirkor Feruza Po‘latovaga duch kelib qolmaganida bolakay balki bundan-da ko‘proq yo‘l yurishiga to‘g‘ri kelarmidi? Qisqasi, Feruza Po‘latova bolani profilaktika inspektoriga topshirdi. Suhbat davomida 5 yoshli Muhammadbobur o‘zi va otasining ismini ayta oldi, xolos.

Tabiiyki, Muhammadboburning topilishi uning yaqinlariga quvonch bag‘ishladi.

Fuqaro insoniyligini namoyish etdi, ichki ishlar xodimi esa o‘z xizmat vazifasini bajargan. Ammo hammamiz ham masalaga shu tarzda yondashgan bo‘larmidik? Shunday bo‘lganida sovuqda yengil kiyingan bola 2 kilometrga yaqin yo‘lni bosib o‘tgan bo‘larmidi?

Xullas, yaxshilar ko‘magi bilan bola sog‘-salomat ota-onasining bag‘riga qaytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!