Jirinovskiy SSSRning qulashi uchun javobgarlar kimligini aytdi

Jirinovskiy SSSRning qulashi uchun javobgarlar kimligini aytdi

RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy o‘zining Telegram-kanalida Sovet Ittifoqi qulashining asosiy sababi bir partiyaviy rejim ekanligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, 30 yil o‘tib, barcha mas’uliyat SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning bo‘yniga tushgan. Ammo odamlar sobiq ittifoq yetakchisining atrofida bo‘lgan siyosatchilarni unutishgan.

“Uni kim ko‘targan? Unga ovoz bergan Andropov, Gromiko va boshqalar. Nega ularni eslamaysiz? Mamlakatdagi boshqa 18 million kommunistlar haqida nima deyish mumkin? " - deb yozgan Jirinovskiy Telegram-kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!