Isroil zaxiradagi askarlarni harbiy xizmatga chaqirmoqda

Isroil zaxiradagi askarlarni harbiy xizmatga chaqirmoqda

Isroil armiyasi “kuchlar yetishmovchiligi” sababli zaxiradagi askarlarini harbiy xizmatga chaqirmoqda. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

“Mudofaa vaziri Yoav Gallant kuch yetishmasligi sababli harbiy xizmatdan ozod etilgan va chaqiruv yoshidagi zaxiradagi askarlarni xizmatga chaqirish to‘g‘risida farmoyish berdi”, deydi yahudiy davlati armiyasi.

Qaror muntazam, zaxiradagi kuchlarning holati va jangovar shayligini baholash, shuningdek, harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirish rejalari doirasida qabul qilingan. Armiya tayyorgarlik tugagandan so‘ng zaxiradagi askarlardan arizalarni qabul qilishni boshlaydi. Qaytish uchun yaroqli deb topilgan shaxslar zarur bo‘lganda turli bo‘linmalarga taqsimlanadi.

Avvalroq Isroilning artilleriya qo‘shinlari qo‘mondonligi bir necha oy davom etgan G‘azodagi operasiyadan so‘ng tanklar yetishmayotganini tan olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!