Isroil rasmiysi: Netanyaxu sulh bitimi imzolanishiga to‘sqinlik qilmoqda

Isroil rasmiysi: Netanyaxu sulh bitimi imzolanishiga to‘sqinlik qilmoqda

Isroil hukumatining yuqori martabali rasmiysi bosh vazir Benyamin Netanyaxuni G‘azo sektoridagi Falastin fraksiyalari bilan kelishuv imzolanishiga to‘sqinlik qilganlikda aybladi.

«Netanyaxu mutlaqo qiyinchilik va to‘siqlar yaratib, kelishuvga erishmoqchi emas», dedi rasmiy KAN Isroil davlat televideniyesiga bergan intervyusida.

U yaqin kunlarda Falastin fraksiyalari bilan kelishuv imzolash imkoniyatiga e’tibor qaratdi.

Bosh vazir Netanyaxu kelishuvga erishish jarayoniga to‘sqinlik qilish uchun (Misrning joriy taklifidan tashqari) keng qamrovli kelishuv ustida ishlashni buyurdi, deydi hukumat vakili.

Isroil xavfsizlik kuchlari kelishuv G‘azo sektoridagi isroillik mahbuslarni qutqarish uchun oxirgi imkoniyat deb hisoblaydi, dedi u.

Isroil xavfsizlik xizmatlari va aksariyat siyosiy institutlar Misrning yangi taklifiga yashil chiroq yoqishga rozi, deydi u.

Isroildagi muxolifat Netanyaxuni «siyosiy sabablarga ko‘ra» Falastin fraksiyalari bilan kelishuvga to‘sqinlik qilganlikda ayblaydi.

Misr, Qatar va Qo‘shma Shtatlar bir necha oydan beri G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va ikki tomon o‘rtasida asir va mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida Isroil va HAMAS o‘rtasida bilvosita muzokaralar olib bormoqda.

Tel-Aviv ma’muriyatining Xamasning Isroil hujumlarini to‘xtatish, Isroil armiyasining G‘azo sektoridan olib chiqib ketilishi va falastinliklarning G‘azo sektori shimoliga qaytishi haqidagi talablarini rad etishi sababli muzokaralar hali yakunlangani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!