Ispaniya tarixidagi eng kuchli yarim himoyachilar reytingi tuzildi: Inyesta ikkinchi, Gvardiola to‘qqizinchi o‘rinda

Ispaniya tarixidagi eng kuchli yarim himoyachilar reytingi tuzildi: Inyesta ikkinchi, Gvardiola to‘qqizinchi o‘rinda

Nufuzli "FourFourTwo" portali sahifalarida tarixdagi eng yaxshi ispan yarim himoyachilari reytingi e’lon qilindi. Ushbu reytingda birinchi o‘rinni «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xavi egalladi. Andres Inyesta ikkinchi pog‘onada, kuchli uchlikni esa «ko‘k-anorranglilar»ning yana bir sobiq futbolchisi Serxio Buskets yopdi.

Kuchli 10'talikdan Sesk Fabregas, Xabi Alonso, David Silva, Luis Suares (ispaniyalik), Luis Enrike, Pep Gvardiola va Santi Kasorla joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionati 1/8 finalini 30 iyun, yakshanba kuni Gruziyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!