Ishtixondagi qotillikni sodir etganlar ushlandi

Ishtixondagi qotillikni sodir etganlar ushlandi

2019 yilning 15 may kuni Qo‘shrabot tumani IIB navbatchilik qismiga Qo‘shrabot tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi 1984 yil tug‘ilgan fuqaro S.Z. qo‘ng‘iroq qilib, Qo‘shrabot tumanidagi Oltin-meros fermer xo‘jaligi yer maydonida qarovsiz qoldirilgan Damas rusumli avtomashinasi ichida bir nechta shaxslarning jasadlari tashlab ketilganligi haqida xabar qilgan.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan vaqtda ushbu avtomashina 1998 yilda tug‘ilgan, Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on MFY Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi I.J.ga tegishli bo‘lib, uning ichida avtomashina egasi I.J hamda oila a’zolari - otasi 1969 yilda tug‘ilgan X.A., onasi 1974 yilda tug‘ilgan X.Z., ukasi 2002 yilda tug‘ilgan I.A. hamda kenja ukasi 2003 yilda tug‘ilgan I.O.larning murdalari Qo‘shrabot tumani Boqichig‘atoy mahallasi hududidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, ushbu qotillik jinoyatini Ishtixon tumanida yashovchilar - 1981 yilda tug‘ilgan T.G‘., 1995 yilda tug‘ilgan E.SH., 1993 yilda tug‘ilgan U.J. va Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan N.X.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan va ular ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!