"Intel" o‘zining ilk 5G-modemini qachon chiqarishini ma’lum qildi

"Intel" o‘zining ilk 5G-modemini qachon chiqarishini ma’lum qildi

"Intel" kompaniyasi mobil 5G-chipsetlar bozorida "Qualcomm" monopoliyasi o‘rnatilmasligi uchun o‘zining yangi 5G-modemi — XMM 8160 chipsetini ishlab chiqarishni yarim yilga tezlashtirishni rejalamoqda.

Kompaniya rejalariga ko‘ra, chipset 2019 yilning ikkinchi yarmida chiqarilishi va smartfonlar, personal kompyuterlar va uydagi keng polosali ulanish uchun soniyasiga 6 gigabit tezlikni ta’minlab berishi lozim. Ayni vaqtda u LTE va undan ham eskiroq aloqa tarmoqlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Lekin "Intel" modemi bazasidagi tayyor yechimlar bozorda darhol paydo bo‘lmaydi. Chip taxminan bir yildan keyin chiqqani bilan, unda ishlaydigan qurilmalar 2020 yilning birinchi yarmigacha chiqmaydi. Xususan, "Intel" chipi o‘rnatilgan 5G-iPhone’lar ikki yildan so‘ng chiqishi haqidagi mish-mishlar hamon haqiqatga yaqin.

Shunday qilib, 2019 yilda namoyish etiladigan ko‘plab yangi 5G-qurilmalar “kapoti ostida” aynan "Qualcomm"ning chipi bo‘lishini hozirdan ishonch bilan aytish mumkin. Asosiy raqobatchisida tayinli yechim paydo bo‘lguniga qadar bozorni to‘ldirib tashlash uchun "Qualcomm" ixtiyorida bir yil bor.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!