Insoniyat tarixidagi eng yomon yil ma’lum bo‘ldi

Insoniyat tarixidagi eng yomon yil ma’lum bo‘ldi
Garvard universiteti olimlari milodiy 536 yilni insoniyat tarixidagi eng yomon yil deb topishdi. Shu yili halokatli vulqon otilishlari yuz berib, uzoq muddatli iqlim sovishi va ochlikka sabab bo‘lgan.
 
Tadqiqotchilar Grenlandiya va Antarktidada yuz yillar davomida to‘plangan muz qatlamlarini o‘rganib chiqqan. Mutaxassislar 536 yilga tegishli muz qatlamlari orasida vulqon kuli va boshqa chiqindilarni aniqlashgan.
 
Bu davr ming yillar davomida Shimoliy yarimsharda o‘rtacha yillik haroratning eng past darajaga tushib ketishiga to‘g‘ri kelgan. Olimlarning fikricha, Quyosh isitmay qo‘ygan, uning yorug‘lik taratishi Oy bilan bir xil bo‘lgan.
 
Olimlar shuningdek, ikkinchi yirik vulqon otilishi 540 yilda yuz berganini aniqlagan. Mazkur ikki voqea xalqaro darajada o‘lat tarqashiga sabab bo‘lgan. O‘sha yillardagi o‘lat kasalligi “Yustinian o‘lati” deb nomlangan va tarixdagi eng yirik epidemiyalardan biri bo‘lgan. Kunlar sovib, hosil bo‘lmagan. Bularning bari ommaviy migrasiya va urushlarga sabab bo‘lgan.
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!