Imtihon jarayonlarida qonunni buzgan rektorlar qanday jazolanadi? (video)

Imtihon jarayonlarida qonunni buzgan rektorlar qanday jazolanadi? (video)

«Yoshlar» teleradiokanali «Yangi Davr» muxbiri Jamoliddin Qalandarov Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov bilan suhbat qildi. Quyida sizga ushbu suhbatni havola etamiz.

— Aytingchi, oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan test jarayoni qanday kechmoqda?

— Albatta, test jarayoni kutilganidek, katta pavilyonlarda mutlaqo boshqa sharoitda, mutlaqo boshqa effekt berayotganini ko‘rib turibmiz. Chunki, abituriyentlar ham, ota-onalar ham, qolaversa test markazining vakillari ham ish jarayonida shu haqida gapirishyapti, mulohaza qilishyapti.  Avvalgilardan ko‘ra hozirda ham shaffoflik, nazorat ham yuqori darajada. Hammaning harakati, kim nima qilayotgan, kim nimaga mas’ul bo‘lsa buni qanchalik to‘g‘ri bajarilayotgani, adolat ta’minlanayotgani, birinchidan ham OAVlariga, ota-onalar hamda ko‘chaga chiqarilgan monitorlarda bo‘layotgan jarayon ko‘rinib turibdi.

— Nima uchun abituriyentlarga beshta yoki o‘nta oliy ta’limni tanlashga imkoniyat bermaymiz?

— Bu mexanizmlar bor, yo‘q emas, lekin hamma yerda ham emas. Buning ustida ish olib borilyapti. Bundan tashqari ikkita oliy o‘quv yurtini tanlash imkoniyati harbiy xizmatdan qaytganlar uchun ishlagan.   Kimdir yuqori ball bilan yiqilyapti, kimdir past ball bilan qayergadir o‘qishga kiryapti. Yuqori ball to‘plaganga boshqa oliy ta’limga yo‘naltirsak u xohlamasa-chi, uni keyin yana boshqa oliy o‘quv yurtiga yuborsak, jarayon murakkablashib ketadi. Buni amalga oshirish uchun hozirgi test jarayoni tartibini ham o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Hozirda 15 kunning o‘zida imtihon olyapmiz va ertasigayoq javoblarini e’lon qilyapmiz.

— Test jarayonlari yarimlab qoldi. Agarda mana shu 15 kun mobaynida qo‘l ostingizdagi rahbar xodimlar mana shu jarayondagi huquqbuzarliklarga aralashgan bo‘lsa qanday chora ko‘rardingiz, misol uchun rektorlar?

— Bunaqa bo‘ladigan bo‘lsa ularning oliy ta’limda o‘rni bo‘lmaydi.

— Voz kecholasizmi?

— Voz kecha (ikkilanib, sukut bilan)  olaman emas, voz kechish shart. Chunki, bunaqa kishi tizimdan chiqarib yuborilmasa, u boshqalarga ham tarqayveradi. Eng muhimi, fikr tug‘iladiki, shunday yuraversa bo‘lar ekan deb.

— Hozir odamlarga super kontrakt masalasi qiziq, bu qanaqa bo‘ladi?

— Oshirilgan kontrakt oxirgi kontrakt o‘rinlarning kvotasi doirasida qabul qilingandan keyin 4 ball doirasida 1 ball kam to‘plagan bir yarim barobar kontrakt narxini to‘lab qabul qilinadi.   2 ball kam to‘plagan abituriyent esa ikki barobar, 3 ball yetmasa ikki yarim barobar, 4 ball yetmasa uch barobar kontrakt summasini to‘laydi.

— Bu yil kontrakt oshdi. Buni yengillashtirish choralari ham ko‘rilyaptimi?

— Ota-onalar oyligining hisobidan o‘tkazayotganda soliq imtiyozlari mavjud.

Suhbatni quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!