Ilon Mask Yevropa uchun arzon elektromobil va’da qildi

Ilon Mask Yevropa uchun arzon elektromobil va’da qildi

“Tesla” kompaniyasi Yevropa uchun maxsus yaratilgan ixcham elektromobil chiqarishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yevropadagi haydovchilar uchun shaharlarning o‘ta zichligi bois “Model S” va “Model X” keraksiz darajada katta bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun kompaniya ixcham elektromobil haqida o‘ylamoqda.

Xabarga ko‘ra, bunday elektromobilning narxi 25 ming dollarni tashkil qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!