Ikkinchi to‘lqin: Koronavirus qishda ko‘proq tarqaladimi?

Ikkinchi to‘lqin: Koronavirus qishda ko‘proq tarqaladimi?

Bu savolga hozircha rasman javob berilmagan bo‘lsa ham, boshqa viruslar haqidagi ma’lumotlarga tayangan holda, "Ha" deb javob berishimiz mumkin, deya o‘rganishlarini ma’lum qilgan shifokor, farmasevt, bloger Abdulazizxon Akramov shaxsiy blogida.

Covid-19ni keltirib chiqargan yangi koronavirusdan tashqari, shamollash simptomlariga sabab bo‘ladigan yana to‘rt xil koronavirus mavjud. Bundan tashqari, gripp, rinovirus hamda nafas yo‘llariga ta’sir o‘tkazuvchi RSV (Respirator-sinsitial virus) viruslari ham bor.

Londondagi Gigiyena va Tropik (issiq mamlakatlar-tahr.) kasalliklar institutidan doktor Reychel Louning aytishicha, qishda avjiga chiqadigan boshqa viruslarga qaraydigan bo‘lsak, mavsumiy ta’sir haqida so‘z yuritish o‘rinli.

"Ammo buning sababi ob-havo sharoitlarimi yoki odamlarning harakatlarimi, bu haqda aniq xulosa yo‘q", deydi olima.

Barcha viruslar sovuq havoda inson tanasidan tashqarida uzoqroq vaqt yashaydi. Britaniya hukumatining Favqulodda vaziyatlar uchun ilmiy-maslahat guruhi (Sage)ga ko‘ra, koronavirus uchun ideal harorat +4 gradus.

Qolaversa, qishda virusning faolligini pasaytiradigan Quyosh ultrabinafsha nurlari kam bo‘ladi.

Qishda ko‘p vaqtni yopiq binoda o‘tkazamiz; derazalar yopib qo‘yilgani uchun havo aylanishi kam. Butun bu omillar koronavirusning tarqalishiga yordam beradi.

Britaniya Tibbiyot Akademiyasi tayyorlagan hisobotda aytilishicha, eng pessimistik taxminlarga ko‘ra, bu yil qishda mamlakatda 250 mingdan ortiq o‘lim holatlari bo‘lishi mumkin.

Virusga chalingan odamning qancha odamga yuqtirishini hisoblash uchun qo‘llaniladigan "R" (reproduksiya-tahr.) darajasi bunda asosiy rol o‘ynashi aytiladi.

Hozirda 1 dan pastda bo‘lgan "R" sonining qishda 1.7ga ko‘tarilishi kutiladi.

Karantindan avval Britaniyada "R" oni 3 dan baland bo‘lgan.

London Imperiya kollejidan professor Kendi Barkleyning aytishicha, odamlarning xavotirlarida jon bor.

"Ikkinchi to‘lqin yuz berishi ehtimoli baland. Jamoa immuniteti darajasiga chiqqanimiz yo‘q va ikkinchi to‘lqin uchun qish juda qulay vaqt. Hozirda katta bir mavhumlik oldida turibmiz va ikkinchi to‘lqin yomonroq bo‘lishi mumkin", - deydi britaniyalik olim.

Hozirda Britaniya aholisining 5 foizi koronavirusga chalingani, 95 foiz aholining virusga qarshi hech qanday immuniteti yo‘qligi aytiladi.

Virus nazoratdan chiqib ketganida nimalar bo‘lishini AQSh misolida ko‘rsa bo‘ladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!