Ikki uyga ham soliq imtiyozidan foydalanish mumkinmi?

Ikki uyga ham soliq imtiyozidan foydalanish mumkinmi?

Savol: O‘zim tumanda yashayman. Bundan tashqari, Andijon shahrida ham uyim bor. Eshitishim bo‘yicha, Chernobil AESda avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlar soliqdan imtiyozga ega ekan. Ikkala uyimga shu imtiyozdan foydalanishim mumkinmi?

Javob: To‘g‘ri, Chernobil AESda avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlarga imtiyoz belgilangan. Faqat yer solig‘i bo‘yicha. Soliq kodeksining 290-moddasida bu ro‘yxat keltirib o‘tilgan. Shuni alohida qayt etish kerakki, mol-mulk solig‘i bo‘yicha ularga imtiyoz tatbiq etilmaydi. Shunga asosan, siz faqat yer solig‘i imtiyozidan foydalanishingiz mumkin. U mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir uchastkaga taalluqli bo‘ladi.

Savol: Shaharlarda joylashgan uylarning mol-mulk solig‘i umumiy maydoniga ko‘ra hisoblanarkan. Masalan, mening uy-joyim 800 kvadrat metrdan ortiq. Unga qancha miqdorda mol-mulk solig‘i to‘layman?

Javob: Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar uchun 0,35% stavkada mol-mulk solig‘i hisoblanadi.

Savol: Ochig‘ini aytish kerak, haligacha uy-joyimning kadastr hujjatlarini tayyorlay olmadim. Kadastr qiymat mavjud bo‘lmaganligi uchun mol-mulk solig‘i qanday tarzda hisob-kitob qilinadi?

Javob: Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholovchi organlar belgilagan kadastr qiymati bo‘lmasa, soliq undirish uchun viloyat markazlarida 210 milllion so‘m, boshqa hududlarda 90 milllion so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.

Savollarga Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati javob berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!