Ikki farzand yetim qoldi: Buxoroda poyezd ayol kishini bosib ketdi

Ikki farzand yetim qoldi: Buxoroda poyezd ayol kishini bosib ketdi

18 dekabr kuni  Buxoro viloyatida tahminan soat 23:18 larda “Nukus-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yuborgan. Voqea haqida viloyat IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi navbatchilik qismiga temiryo‘l bekati navbatchisi xabar qilgan.

Ayol olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Ta’kidlanishicha, marhum Kogon tumanida istiqomat qilgan hamda Kogon shahar shifoxonasida hamshira sifatida faoliyat yuritgan. Baxtsiz hodisa oqibatida uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi yetim qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!