IIV: «Fuqarolarni 3 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas, agar...»

IIV: «Fuqarolarni 3 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas, agar...»

Kecha, 17 oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat bildirish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi barcha boshqarma hamda idora rahbar va mutasaddi xodimlari sohadagi islohotlar, o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, rejalar haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning fuqarolarni shaxsini aniqlash uchun ushlab turishi masalasidagi savoliga IIV mutasaddilar shunday javob berdi:

— Fuqarolarni shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida 3 soatdan ko‘p ushlab turish mumkin emas. Agar masala ma’muriy huquqbuzarlik bilan bog‘liq bo‘lsa, bir sutkagacha shulab turilishi mumkin.

Yil oxirigacha ichki ishlar xodimlarini tegishli planshetlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha amalga oshganidan so‘ng fuqarolarning shaxsi ularning barmoq izlari orqali aniqlanadi va ichki ishlar bo‘limiga fuqaroni olib borishga xojat qolmaydi, dedi IIV vakillari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!