Ichki ishlar vazirining o‘g‘li to‘rtta fermerni o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olindi

Ichki ishlar vazirining o‘g‘li  to‘rtta fermerni o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olindi

Hindiston Ichki ishlar vaziri Ajay Mishra Tenining o‘g‘li Ashish Mishra o‘tgan haftada norozilik ko‘rsatgan to‘rtta fermerni o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olindi.

Mishra Uttar-Pradesh shtatida hokim hisoblangan. 3 oktyabr kuni shtat shimolida uzoq vaqtdan buyon davom etayogan noroziliklarda (https://t.me/burchakostida/8755) dehqonlarni mashina urib yuborgan. 7 oktyabr kuni Mishra tergovga chaqirilgan, biroq kelmagan. Shundan so‘ng polisiya uni qo‘lga olgan va 10 soatlik tergovdan so‘ng rasman hibsga olgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, dehqonlar o‘ldirilgan paytda o‘g‘li ish o‘rnida bo‘lmagan. Hokimiyatning xizmat mashinasi o‘tib ketayotganda namoyishchilar tomonidan toshbo‘ron qilingan, natijada mashina boshqaruvni yo‘qotib, dehqonlarni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida 3 nafar dehqon va bir jurnalist halok bo‘lgan va buning o‘zi ham odamlarning yana bir norozilik namoyishiga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!